Yaqin orada «Barselona» ispaniyalik yarim himoyachi Rodri Ernandes transferi bo‘yicha «Manchester Siti»ga yangi taklif bilan chiqmoqchi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bermoqda.
«Shaharliklar» Rodrini 50 va 60 million yevroga sotishdan bosh tortgach, klublar 70 million yevro atrofidagi summa bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Shu bilan birga, Angliya grandi o‘z futbolchisi uchun 80 million yevro olmoqchi. Romano «Barselona» xotirjamlikni saqlab qolayotganini ta’kidlamoqda.
O‘tgan mavsumda 30 yoshli Rodri barcha turnirlarni hisobga olgan holda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0