Yevropada davom etayotgan uzoq muddatli jazirama sababli Belgiyadagi futbol maydonlari jarohat olish xavfi yuqori bo‘lgan holatga keldi. Maysazorlar qurib qolgan va ularni saqlab qolish uchun muntazam ravishda sug‘orishga to‘g‘ri kelmoqda.
Yeslatib o‘tamiz, 2026 yilning iyun va iyul oylari Yevropada iqlim kuzatuvlari tarixidagi eng issiq oylar bo‘ldi. O‘rtacha harorat me’yordan deyarli uch daraja yuqoriladi.
«Haddan tashqari qattiq yuza bo‘g‘inlarga tushadigan yuklamani oshiradi hamda mushaklar va paylarning kichik jarohat olish xavfini ko‘paytiradi», — deb xabar beradi RTL.
Kichik klublarga sug‘orish tizimlari xarajatlarini qoplashda mahalliy hokimiyat organlari yordam bermoqda. Xususan, Sharleruada mahalliy klubga maysazor parvarishi uchun uch ming yevro miqdorida kompensasiya to‘lab berildi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0