«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku jamoaning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Gvardiola yonida o‘tkazgan yillarim ajoyib bo‘ldi. Men juda ko‘p narsa o‘rgandim. Birinchi suhbatimizni haligacha eslayman… Hozir yangi shartnoma imzolayotganim — bularning bari Pepning sharofatidan, — dedi Doku klub matbuot xizmatiga.
Doku 2023 yilda «Manchester Siti»ga kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumda 24 yoshli belgiyalik futbolchi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Oldinroq Doku Angliya grandi bilan mehnat shartnomasini 2031 yilning o‘rtalarigacha uzaytirgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0