«Milan» jamoa hujumchisi Kristofer Nkunkuga klub endi uning xizmatlariga ehtiyoj sezmayotganini ma’lum qildi.

Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, futbolchi jamoani to‘liq transfer orqali ham, ijara asosida ham tark etishi mumkin.

Oldinroq «rossoneri» bosh murabbiyi Ruben Amorim fransuz hujumchisidan tashqari yana uch futbolchi: Fikayo Tomori, Yussuf Fofana va David Oduguga ham umid bog‘lamayotgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, Rafael Leau va Santyago Ximenes ham jamoadagi kelajagiga to‘liq amin bo‘la olishmaydi.

Nkunku 2025 yilning avgustida Londonning «Chelsi» klubidan «Milan»ga o‘tgan edi. U «qizil-qoralar» safida A Seriyada 32 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

28 yoshli fransuz hujumchisining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz