«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi boshlanishi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Bu «Tottenxem»dagi mening birinchi haqiqiy mavsumim. O‘tgan safar biz elitada jon saqlab qalish uchun kurashgan edik, ammo endi Yevropaning eng murakkab chempionatida uzoq muddatli loyiha barpo etishni boshlashimiz mumkin, — dedi De Dzerbi Sky Sport nashriga bergan intervyusida.
De Dzerbi joriy yilning mart oyida «Tottenxem» bosh murabbiyiga aylangan edi. Mutaxassis qo‘l ostida jamoa mavsumni 17-o‘rinda yakunlab, elit diviziondagi o‘rnini saqlab qoldi.
APLning yangi mavsum 1-turida «Tottenxem» mehmonda «Brentford»ga qarshi maydonga tushadi (22 avgust).
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0