«Fenerbaxche» yarim himoyachisi Fred 2 million yevro hamda 500 ming yevro bonus evaziga «Atletiko Mineyro»ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
33 yoshli braziliyalik futbolchi yangi klubi bilan yana bir mavsumga uzaytirish opsiyasi bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi.
Turkiya chempionatining o‘tgan mavsumida Fred 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0