«Manchester Yunayted» murabbiyi Maykl Kerrik APLning bo‘lajak mavsumida klubning chempionlik poygasidagi imkoniyatlariga baho berdi.
— Agar futbolchilar bunga ishonishsa, bu eng avvalo barchamiz uchun qulay sharoit yaratadi. Mavsum boshlanishidan oldin o‘zingga ishonishing va qandaydir o‘zgacha natijaga erisha olishingni o‘ylashing kerak.
Ammo ular maydonga tushib, buni ko‘rsatishlari va his qilishlari lozim. Me’yoridan ortiqcha, telbasona bashoratlar qilmayman, lekin o‘ylashimcha, erishgan natijalarimiz oldinga harakat qilishimiz uchun bizga ishonch bag‘ishlaydi.
Bizda haqiqatan ham juda o‘zgacha bir narsaga erishish uchun salohiyat yetarli. Men buni yashirmayman va biz bunga intilishimiz kerak, — dedi Kerrik.
O‘tgan mavsumda «MYU» APLda 3-o‘rinni egallagan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0