"Manchester Yunayted" 2026/27 yilgi mavsum uchun uchinchi libosini rasman taqdim etdi. Yangi formada asosiy rang sifatida fil suyagiga yaqin och-krem tus tanlangan.
Klub ma’lumotiga ko‘ra, adidas tomonidan ishlab chiqilgan dizayn Manchester shahrining ruhi, mahalliy yoshlar madaniyati va mashhur Salford Lads Club tarixidan ilhomlangan. Libos orqali klub, shahar va muxlislar o‘rtasidagi aloqani aks ettirish maqsad qilingan.
Formaning eng o‘ziga xos detallaridan biri — matoga tushirilgan qo‘lda chizilgan atirgul tasvirlari. Shuningdek, futbolkaning orqa yoqa qismida maxsus yozuv va dizayn elementi joylashtirilgan. Klub bu detallar Manchesterga xos mahalliy ruh va individuallikni ifodalashini ta’kidlamoqda.


Yangi libosda adidas'ning Climacool texnologiyasidan foydalanilgan. U namlikni tezroq chiqarish va futbolchining tana haroratini nazorat qilishga yordam beradi. Futbolka torroq bichimda, dumaloq yoqali va qayta ishlangan poliesterdan tayyorlangan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0