Londonning «Chelsi» klubi qanot himoyachisi Malo Gyusto boshqa bir top-klubga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 23 yoshli fransuz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga «Tottenxem», «PSJ», «Liverpul», «Bavariya», «Yuventus» va «Manchester Siti» klublari qiziqish bildirmoqda. Ammo ta’kidlanishicha, «shaharliklar» Gyustoni faqat transfer oynasining so‘nggi kunlarida sotib olishga harakat qilishlari mumkin.

Manba beradigan ma’lumotlarga ko‘ra, «Chelsi» 87,8 million yevro miqdoridagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

2025/26 yilgi mavsumda Gyusto barcha turnirlarni hisobga olgan holda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz