«Chelsi» hamon yarim himoyachi Enso Fernandes transferi bo‘yicha «Manchester Siti»dan hech qanday taklif olgani yo‘q. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Avvalroq, agar «shaharliklar» juma kuni oqshomigacha 140 million yevro taklif qilishsa, «Chelsi» argentinalik futbolchini qo‘yib yuborishi ma’lum bo‘lgan edi.
Manbaning ta’kidlashicha, Fernandes — «Manchester Siti» ustozi Enso Mareska uchun Rodri Ernandesning o‘rnini bosadigan asosiy transfer nishonidir. Ammo qayd etilishicha, klub hozircha «Chelsi»ga rasmiy taklif yubormagan. Agar Angliya vise-chempionlari o‘z vaqtida 140 million yevrolik offer jo‘natishsa, «ko‘klar» kelishuvga rozi bo‘lishadi.
O‘tgan mavsumda Fernandes barcha turnirlarni hisobga olgan holda 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0