Londonning «Tottenxem» klubi hujumchilarni sotib olish bo‘yicha faol ishlarni davom ettirmoqda.

CaughtOffside xabariga ko‘ra, «shporlar» «Liverpul»dan Kodi Gakpo va «Manchester Siti»dan Savioni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ta’kidlanishicha, Savio «Tottenxem»ga o‘tishni o‘zi xohlayotgani sababli uni sotib olish ehtimoli yuqoriroq.

Gakponing o‘tishiga kelsak, uning «Liverpul»ni tark etishi mersisaydliklar Bredli Barkola va Ibraima Mbaye bilan shartnoma imzolashiga bog‘liq.

Angliya Premyer-ligasining yangi mavsum birinchi turida «Tottenxem» safarda «Brentford»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 22 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: Stadion.uz