Davide Frattezining «Inter»dan «Lasio»ga o‘tishida muammolar yuzaga keldi.
Avvalroq klublar yarim himoyachini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo‘yicha kelishib olgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bir jo‘n shartlar bajarilgach, sotib olish huquqi majburiyatga aylanishi kerak edi.
Football Italia nashrining yozishicha, futbolchi juma kuni «Lasio» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak edi, ammo bir nechta manbalar A Seriya transferni hali tasdiqlamagani sababli bitim boshi berk ko‘chaga kirib qolganini tasdiqladi.
Jurnalist Janluka Di Marsio, Sky Sport Italia va boshqa manbalarga ko‘ra, A Seriya «Lasio»ning moliyaviy ahvoli bo‘yicha xavotirlar tufayli transferga ruxsat bermagan.
Jurnalist Alfredo Pedullaning aniqlik kiritishicha, muammo «Lasio»ning Italiya futbol federasiyasi likvidlik indeksidagi (klubning joriy aktivlari va joriy majburiyatlari nisbati) holati bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, ba’zi xabarlarda Frattezi hali ham bugun Rimga uchib ketishga umid qilayotgani aytilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0