The Touchline nashrining futbolchiga yaqin manbalarga tayanib xabar berishicha, Torres Parijda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘laman degan ishonch bilan «PSJ»ga o‘tishga qaror qilgan.
Ispaniyalik hujumchi «PSJ»dagi tarkib rotasiyasini tahlil qilib chiqdi. U asosiy yulduzlar mavsum davomida barcha o‘yinlarda maydonga tushmasligini, balki muhim va hal qiluvchi bahslarga tayyorlanishini payqagan.
Ferran Torres «Barselona» tarkibida jami 207 ta o‘yinda maydonga tushib, 65 ta gol urgan va 23 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Avvalroq «PSJ» Torresning transferi uchun 50 million yevro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0