Yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar «Barselona» markaziy hujumchi pozisiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Kataloniyaliklar Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olish umidini uzmagan, ammo «Atletiko»ning qat’iy pozisiyasi fonida «ko‘k-anorranglilar» boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.
Nufuzli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «Barselona» Luis Suares nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Albatta, gap 2014–2020 yillarda kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan urugvaylik hujumchi haqida ketmayapti. Gap «Sporting»ning Luis Suaresi haqida bormoqda.
Romanoning ta’kidlashicha, Suares transferini amalga oshirish «Barselona» uchun oson bo‘lmaydi, chunki 28 yoshli kolumbiyalik futbolchi «Sporting»ning asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi.
Agar Xulian Alvares bilan bog‘liq bitimni amalga oshirishning iloji bo‘lmasa, «Barselona» keyingi haftadan boshlab Luis Suares nomzodini atroflicha ko‘rib chiqishni boshlaydi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0