Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares, avvalroq xabar berilganidek, Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishni rad etgan va faqat «Barselona» safida to‘p surishni istamoqda.
Shu bilan birga, AS nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, londonliklar taklif qilgan sport loyihasi aslida futbolchiga ma’qul kelgan. Angliyaga ko‘chib o‘tishdan voz kechishning asosiy sabablaridan biri uning oilaviy vaziyati bo‘lgan — viza cheklovlari Alvaresning yaqinlariga u bilan yetarlicha vaqt o‘tkazishiga xalaqit berishi mumkin edi.
Forvardning istagi amalga oshishi yo‘lidagi boshqa bir asosiy to‘siq — «Atletiko»ning pozisiyasidir. Madrid klubi Alvaresni aynan «Barselona»ga sotishga kategorik ravishda qarshi.
Alvares 2024 yildan beri «matraschilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0