«Inter»ning yangi a’zosi Kyortis Jons «Liverpul»dan Italiya klubiga ko‘chib o‘tgani haqida ilk munosabatini bildirdi. 25 yoshli yarim himoyachi faoliyatini Milan klubida davom ettirish qarori azaldan qat’iy bo‘lganini tan oldi.
«Men «Inter»ga o‘tishni anchadan beri xohlardim, shu sababli bu transferdan juda xursandman. Faoliyatimning ushbu bosqichida menga keyingi qadam kerak edi va ushbu klubni men uchun mukammal variant deb hisoblayman», — deydi Jons «Inter» matbuot xizmatiga.
Angliyalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, transferda hal qiluvchi omillardan biri o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasi doirasida «Inter»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda «San-Siro»da his qilgan ajoyib atmosferasi bo‘lgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0