Braziliyalik yarim himoyachi Malkom «Al-Xilol»ni tark etdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni klubining rasmiy sayti xabar berdi. Oldinroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bunga braziliyalik futbolchining klub rahbariyati bilan munosabatlari yomonlashgani sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Malkom 2023 yilda «Zenit»dan «Al-Xilol»ga 60 million yevro evaziga o‘tgan edi (o‘sha paytda uning bozor qiymati 30 mln yevroni tashkil etgan). Braziliyalik futbolchi 2026/2027 yilgi mavsumning 1-turida maydonga tushib, 1 ta gol urishga ham ulgurdi.

Hozirda Malkomning transfer bahosi 18 million yevroga baholanmoqda, biroq istalgan klub uni erkin agent maqomida bepul o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, futbolchi BAAning «Al-Jazira» klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan.

Manba: Stadion.uz