Bergamoning «Atalanta» klubi «Napoli» yarim himoyachisi Andre-Frank Zambo-Angissaga qiziqish bildirmoqda. Kamerunlik futbolchining neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Tomonlar bir yildan ortiq vaqtdan beri yangi bitim bo‘yicha muzokara olib borishmoqda, biroq haligacha mushtarak maxrajga kelishgani yo‘q. Manbalarga ko‘ra, «Atalanta» vakillari futbolchining atrofidagi insonlar hamda «Napoli» bilan dastlabki aloqalarni o‘rnatib bo‘lgan. Shunga qaramay, neapolliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Angissani kelayotgan mavsum rejalariga kiritgan.

Muzokaralardagi asosiy to‘siq maosh masalasi bo‘lib turibdi: «Napoli» taklifi va futbolchining talabi o‘rtasida 700-800 ming yevro farq bor. Muzokaralarda siljish bo‘lmasa, «Atalanta» transfer harakatlarini yanada jadallashtirishi mumkin.

O‘tgan mavsumda 30 yoshli yarim himoyachi 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali uning qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz