Italiyaning «Napoli» va Yevropaning qator nomdor klublari sobiq ustozi Rafael Benites Milanning «Inter» klubini A Seriyaning yangi mavsumida so‘zsiz favorit deb hisoblaydi.

«Ko‘ksida chempionlik znachogi jarqirab turgan jamoa haqli ravishda favorit hisoblanadi. Marotta va Auzilioning bayonotlariga tayanadigan bo‘lsak, bu yerda boshqa omillar ham bor. Jamoa maydonda ham, zaxira o‘rindig‘ida ham juda keng va kuchli tarkibga ega — Lautaro, Tyuram, Pio Espozito, Chalxanoglu, Zelinski, Dimarko va Barella kabi futbolchilar jamoaga alohida kuch bag‘ishlab turibdi», — deya Benitesning so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionatining yangi mavsumi aynan bugun star oladi va amaldagi chempion «Inter» ilk o‘yinini «Monsa»ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: Stadion.uz