Argentinalik hujumchi Anxel di Mariya «Rosario Sentral»ning Kubok Libertadores musobaqasidan chiqib ketganidan qattiq xafa bo‘ldi. Jamoa 1/8 final bosqichida Braziliyaning «Korintians» klubiga imkoniyatni boy berib, turnir bilan xayrlashdi. Di Mariya ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng hatto faoliyatini yakunlash haqida ham o‘ylay boshladi.
«Bu juda og‘ir lahza, juda og‘ir daqiqalar, chunki men boshqacha natijani — musobaqada davom etishni orzu qilgandim, ammo futbol shunaqa. Endi men o‘ylab ko‘rishim va bundan buyon nima bilan shug‘ullanishni xohlashimni hal qilishim kerak», — deya di Mariyaning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, tajribali futbolchi ilgari «Real Madrid», «Manchester Yunayted» va «PSJ» singari Yevropaning grand klublari sharafini himoya qilgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0