Angliya Premyer-ligasiga qaytgach, ilk o‘yinda yirik hisobda mag‘lub bo‘lganiga qaramay, «Koventri Siti» sardori Mett Grims mavsum birinchi bahsda ko‘ringanidan ko‘ra muvaffaqiyatliroq kechishiga ishonch bildirdi.
«Bizning butun mavsumimiz shunday maydonlarga kelib, mag‘lubiyatga uchrash bilan belgilanib qolmaydi — bu yerda bunday raqiblarga qarshi o‘ynash hamisha og‘ir vazifa bo‘lib kelgan», — deya Grimsning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Eslatib o‘tamiz, «Koventri» chorak asr davomida Angliya futbolining yuqori divizionida ishtirok etmagan edi. Chempionatning keyingi turida jamoa elitaga qaytgan boshqa bir klub — «Xall Siti»ni o‘z maydonida qabul qiladi. Ushbu uchrashuv 29 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0