Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish borasidagi savollarga to‘xtaldi.

Juma kuni «kanonirlar» Premyer-liganing 1-turida «Koventri Siti» ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozonishdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida jurnalist poytaxt grandi ustoziga yangi forvard xarid qilish ehtimoli haqida savol berdi.

— Jamoangizning o‘yin uslubini hisobga olganda, sizga Xulian Alvares kabi yana bir markaziy hujumchi kerak deb hisoblaysizmi?

— Oldin ham aytganimdek, men hozirgi tarkibimizdan juda mamnunman. Hozir biz uchun eng muhimi — qo‘l ostimizda bor bo‘lgan futbolchilarni yanada rivojlantirishdir. Jamoamiz shundoq ham yetarlicha kuchli, — deya jurnalist Konnor Xamm Artetaning so‘zlarini keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, juma kungi o‘yin oldidan «Arsenal» «Aston Villa»dan markaziy himoyachi Ezri Konsaning transferini e’lon qilgan edi.

Xulian Alvares esa Madridning «Atletiko» klubi sharafini himoya qilmoqda. Uni bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 120 million yevroga baholanmoqda.

Manba: Stadion.uz