Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta markaziy himoyachi Ezri Konsa bilan shartnoma imzolangani haqida gapirib o‘tdi.
«Kanonirlar» juma kuni Angliya terma jamoasi a’zosining transferini e’lon qilishgan edi. «Aston Villa» ushbu sotuvdan taxminan 60 million yevro ishlab oldi.
«Bu juda ajoyib. Biz ajoyib himoyachi va kuchli xarakter egasini o‘z safimizga qo‘shib oldik. Men juda xursandman», — dedi Arteta Premyer-liganing 1-turida «Koventri» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng.
Ispaniyalik mutaxassis, shuningdek, yangi a’zoning yoshi haqidagi savolga ham javob qaytardi — Konsa ham, avvalroq 87,5 million yevroga sotib olingan Bruno Gimaraes kabi 28 yoshda.
«Tarkibga yaxlit holda qarash kerak. Ular 38 emas, 28 yoshda. Ular ayni kuchga to‘lgan va sport faoliyatining eng yorqin davrini o‘tkazishmoqda», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi BBC.
31 avgust kuni londonliklar Premyer-liganing ikkinchi turida aynan «Aston Villa» mehmoni bo‘lishadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0