Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «Liverpul» «Brayton»ning qanot hujumchisi Yankuba Minte uchun 70 million yevro miqdorida taklif yubordi va gambiyalik vingerning o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini to‘liq kelishib oldi.

Manbaga ko‘ra, «Brayton» bilan muzokaralar davom etmoqda va mersisaydliklar ushbu transferning amalga oshishiga optimistik ruhda qarashmoqda. Shunisi e’tiborliki, Mintening xaridi «Liverpul» uchun asosiy transfer nishoni bo‘lib qolayotgan Bredli Barkolaga muqobil variant emas — klub har ikki yo‘nalishda ham ish olib bormoqda.

O‘tgan mavsumda Minte barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, vingerning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz