«Barselona» rahbariyati 18 yoshli misrlik hujumchi Xamza Abdelkarimning ko‘rsatayotgan o‘yinidan juda mamnun.

Sport.es nashrining xabar berishicha, yosh futbolchi Xans-Diter Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabini asosiy jamoada o‘ynashga tayyor ekaniga to‘liq ishontira oldi. Muvaffaqiyatli o‘tkazilgan mavsum oldi yig‘inidan so‘ng, unga yaxshilangan moliyaviy shartlarga ega yangi shartnoma taklif etilishi mumkin — muzokaralar transfer oynasi yopilishi bilan darhol boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Xamza Abdelkarim o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini «Barselona»da «Al-Axli» klubidan ijara asosida o‘tkazgan edi. Yozda «kataloniyaliklar» rasmiy o‘yinlarda hali debyut qilmagan iqtidorli forvardni to‘liq sotib olishdi.

Manba: Stadion.uz