Londonning «Arsenal» klubi sobiq to‘purari Ian Rayt jamoaning APL yangi mavsumidagi ilk o‘yinini yuqori baholadi. Uning fikricha, «Arsenal» juda nafis va bejirim o‘yin ko‘rsatdi, elitaga qaytgan «Koventri» esa bunga qarshi hech narsa qila olmadi.

«Arsenal» juda nafis va bejirim ko‘rindi, «Koventri»ga esa, ayniqsa bosimni hisobga olganda, juda og‘ir bo‘ldi. «Arsenal» maydonda juda ko‘p ochiq hududlarga ega bo‘ldi», — deya Raytning so‘zlarini BBC Sport keltiradi.

Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida Londonning «Arsenal» klubi Birmingemning «Aston Villa» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv avgust oyining so‘nggi kunida — 31 avgustda bo‘lib o‘tadi.

Manba: Stadion.uz