«Napoli» hujumchisi Lorenso Lukka jamoadan ketish fikridan qaytib, Neapolda qolishga qaror qilgan ko‘rinadi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, futbolchi yangi bosh murabbiy Massimiliano Allegridan ishonch krediti olgan va endilikda asosiy tarkibdan muntazam joy olishiga ishonmoqda. Eslatib o‘tamiz, u o‘tgan mavsumning bir qismini Angliyaning «Nottingem Forest» klubida ijarada o‘tkazgan edi.
«Napoli» uchun Italiya chempionatining yangi mavsumi shanba kuni «Jenoa»ga qarshi kechadigan safar o‘yini bilan boshlanadi. O‘tgan mavsumni neapolliklar A Seriya turnir jadvalida faqat «Inter»ni oldinga o‘tkazib yuborib, ikkinchi o‘rinda yakunlashgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0