Angliyaliklar yana jahon chempionatini o‘z uylarida qabul qilishni istashmoqda. Tarixda faqat bir marta, 1966 yilda dunyoning eng nufuzli turniri Angliyada o‘tkazilgan va o‘shanda angliyaliklar chempionlikni qo‘lga kiritishgan edi.
Angliyaning The Sun tabloidi xabar berishicha, mamlakat 2038 yilgi (agar bu safar uddalay olishmasa, navbatdagi 2042 yilgi) jahon chempionati mezbonligini olishni maqsad qilgan. Bu g‘oyani Endi Byornham ham qo‘llab-quvvatlamoqda.
Angliya hukumati jahon chempionatini mamlakatda turizmni rivojlantirishning muhim bosqichi deb hisoblamoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0