Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Bruno Gimaraes Premyer-liganing 1-turidan o‘rin olgan «Koventri»ga qarshi bahsni (3:0) o‘tkazib yubordi. Braziliyalik futbolchi o‘tgan yakshanba kuni «Manchester Siti»ga qarshi kechgan Angliya Superkubogidagi debyut o‘yinida jarohat olgan edi.

«Biz Gimaraes bir necha haftaga safdan chiqadi deb o‘ylamaymiz. U «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinni davom ettirishni xohlagandi. Menimcha, bu jiddiy muammo emas», — dedi «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta insayder Fabrisio Romano keltirgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Bruno Gimaraes shu oy boshida «Nyukasl»dan londonliklar safiga ko‘chib o‘tgan edi. Transfer summasi taxminan 87,5 million yevroni tashkil etgan.

Manba: Stadion.uz