«Barselona» klubi yangi xarid qilingan yulduz futbolchilarini La Liga turniri uchun rasman ro‘yxatdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.
La Liga rahbariyati «Manchester Siti»dan o‘tgan yarim himoyachi Rodri, «Borussiya Dortmund»dan xarid qilingan Karim Adeyemi hamda «Nyukasl»dan transfer qilingan Entoni Gordonning hujjatlarini tasdiqladi. Shuningdek, himoyachi Andreas Kristensenning ham shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Ushbu futbolchilarning barchasi 23 avgust kuni «Elche»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Primeraning 2-tur uchrashuvida maydonga tushish imkoniyatiga ega. Qolgan yangi o‘yinchilarning (jumladan Kanselu) transferlari ham yaqin soatlar ichida to‘liq rasmiylashtirilishi kutilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0