«RB Leypsig» Belgiyaning «Bryugge» klubi hujumchisi Nikolo Trezoldiga jiddiy qiziqish bildirishda davom etmoqda. Sky Sport xabariga ko‘ra, 22 yoshli germaniyalik futbolchi hamon nemis klubining asosiy transfer nishonlari ro‘yxatida turibdi.
«RB Leypsig»dan tashqari, hujumchining xizmatlariga «Barselona» ham befarq emas. «Bryugge» esa o‘z to‘purarini 30 million yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Nikolo Trezoldi Belgiya chempionati doirasida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urishga va 5 ta golli uzatmani amalga oshirishga erishgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0