Angliyaning «Bornmut» klubi «Yuventus» darvozaboni Mikele Di Gregorioning transferi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. Ingliz klubi 29 yoshli italiyalik posbonni keyinchalik 14 million yevro (plyus bonuslar) evaziga to‘liq sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqda.
Darvozabonning o‘zi ham «Bornmut»ga ko‘chib o‘tishga va faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishga rozilik bergan.
O‘tgan mavsumda Di Gregorio «Yuventus» tarkibida A Seriyada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 25 ta to‘p o‘tkazib yuborgan va 13 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0