«Fenerbaxche»ning 25 yoshli niderlandiyalik himoyachisi Jeyden Ostervolde Rimning «Roma» klubi nishoniga tushdi.

Italiya klubi futbolchini keyinchalik 15 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olish istagini bildirgan va Turkiya klubiga tegishli taklifni yuborgan.

Ostervolde 2023 yilning yanvaridan beri «Fenerbaxche» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida u jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 112 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan hamda 39 ta sariq kartochka olgan.

Manba: Stadion.uz