Bugun Madridning «Real» klubi La Liganing 1-turi doirasida «Espanyol»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Joze Mourinyo uchun «qaymoqranglilar» bosh murabbiyligiga qaytganidan keyingi ilk rasmiy debyut o‘yini bo‘ladi.
Diario AS nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Real Madrid»ning bo‘lajak bahs uchun taxminiy asosiy tarkibi quyidagicha ko‘rinish olgan (4-2-3-1):
Kurtua — Kukurelya, Xyoysen, Konate, Dyumfris — Bernardu Silva, Valverde — Vinisius, Gyuler, Diomande — Mbappe.
Taxminlarga ko‘ra, Jud Bellingem uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi. Biroq yozda jamoaga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilardan bir yo‘la 5 tasi (ulardan 3 tasi himoyachi) ilk daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0