Londonning «Arsenal» va Madridning «Atletiko» klublari sobiq yarim himoyachisi Tomas Parti faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. 33 yoshli ganalik futbolchining transferi haqida «Al-SHabab» klubi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda rasman e’lon qildi.
Parti yangi jamoasiga erkin agent maqomida kelib qo‘shildi. U 2025/2026 yilgi mavsumni Ispaniyaning «Vilyarreal» klubida o‘tkazib, Chempionlar ligasi, La Liga va Ispaniya Kubogi doirasida umumiy hisobda 32 ta o‘yinda maydonga tushgan edi.
«Al-SHabab» Saudiya Pro-ligasining 1-turida «Al-Kodisiya»ga imkoniyatni boy berdi (1:3).
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0