Londonning «Tottenxem Xotspur» klubi «Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmush bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. Jurnalist Florian Plettenbergning X tarmog‘idagi sahifasida xabar berishicha, ikki klub o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda va yaqin orada yakunlanishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda 27 yoshli misrlik hujumchi «shaharliklar» tarkibida barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.

Manba: Stadion.uz