Insayder Fabrisio Romano «Liverpul»ning «Real» hujumchisi Endrikka qiziqish bildirayotgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

«Qizillar» braziliyalik futbolchini sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olish yoki katta summa evaziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri transfer qilish masalasini muhokama qilishga tayyorligini bilish uchun «qaymoqranglilar» vakillari bilan bog‘lanishgan. Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «Real» bunga bir ovozdan rad javobini bergan. Florentino Peres va Joze Mourinyo 20 yoshli o‘yinchini qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Endrikning o‘zi ham ketishmoqchi emas — u asosiy tarkibdagi o‘rin uchun kurashishni xohlaydi. Forvardning amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan, uning Transfermarkt portalidagi taxminiy qiymati esa 40 million yevroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz