«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinidayoq gol urishga erishdi.

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 2-turi doirasida kechgan «Al-Riyod»ga qarshi bahsning (4:0) 62-daqiqasida maydonga tushgan 41 yoshli portugaliyalik to‘purar 83-daqiqada Ayman Yaxyaning uzatmasini qabul qilib, raqib jarima maydonchasi markazida burilib aniq zarba yo‘lladi.

Ushbu gol Ronaldu uchun faoliyatidagi 977-gol bo‘ldi:

  • Klublar miqyosida: 831 ta gol

  • Portugaliya terma jamoasida: 146 ta gol.

Manba: Stadion.uz