Ispaniyaning «Sevilya» klubi Portugaliyaning «Sporting» klubi yarim himoyachisi Georgiy Kochorashvili transferini rasman e’lon qildi.
27 yoshli gruziyalik futbolchi andalusiyaliklar bilan 2030 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomaga qo‘l qo‘ydi. EFE xabariga ko‘ra, transfer summasi 4 million yevroni tashkil etdi.
Kochorashvili o‘tgan mavsumda Portugaliya chempionatida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi. Tajribali yarim himoyachi yangi jamoasi tarkibida La Liganing 2-turi doirasida Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi kechadigan safar o‘yini qaydnomasiga kiritilishi kutilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0