Fransiya chempionati 1-turi doirasida «Strasburg» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (4:0) «Marsel» bosh murabbiyi Bryuno Jenezyo yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar klub bir nechta futbolchilar bilan xayrlashishi zarurligini ma’lum qildi.
«Biz maoshlar fondini qisqartirishimiz kerak. Buni qilmaguncha, yangi transferlarni amalga oshira olmaymiz. Gap uch, to‘rt yoki beshta futbolchi haqida borishi mumkin», — deya Jenezyoning so‘zlarini keltiradi L'Equipe.
Avvalroq, avgust oyi boshlarida «Marsel» 2027 yilning 30 iyuniga qadar futbolchilar sotuvi orqali kamida 180 million yevro ishlab topishi kerakligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Aks holda, klub Fransiya oliy divizionidan chetlatilishi mumkin.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0