Madridning «Atletiko» klubi va Xulian Alvares o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tobora avj olmoqda.
26 yoshli hujumchining agenti Fernando Idalgo «matraschilar» bosh direktori Migel Anxel Xil Marinni yolg‘on gapirishda ayblagan. Idalgoning ijtimoiy tarmoqdagi posti aynan klub rahbariga qaratilgani taxmin qilinmoqda.
ESPN Argentina ma’lumotiga ko‘ra, Alvaresning o‘zi ham agentning bu harakatini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan, chunki u ham Xil Marinning pozisiyasiga nisbatan shunday fikrda. Argentinalik futbolchi klub rahbaridan qattiq norozi.
Kelishmovchilikning asosiy sababi — «Atletiko»ning hujumchini «Barselona»ga sotishni istamayotgani. Alvaresning o‘zi esa aynan kataloniyaliklar klubiga o‘tishni xohlamoqda. Klub rahbariyati hozircha futbolchini jamoada saqlab qolish niyatida qat’iy turibdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0