«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi yarim himoyachi Lukas Bergvallning jamoadan ketishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Matbuotda 20 yoshli futbolchining jamoani tark etishi mumkinligi haqida ko‘p gap-so‘zlar tarqalgan. Shvesiyalik futbolchiga «Nyukasl» va «Nottingem Forest» klublari qiziqish bildirgan.
"Uning qolishiga 100 foiz ishonchim komil. Mavsumoldi yig‘inlari davomida u bilan ko‘p gaplashdik. Lukas — ajoyib futbolchi, uning salohiyati juda yuqori. Uning jamoani tark etmasligidan xursandman.
O‘ylashimcha, hozir uning o‘zi ham hech qayerga ketishni istamayotgan bo‘lsa kerak. Bizda hech qanday muammo yo‘q", — deya De Dzerbining so‘zlarini keltiradi The Spurs Web.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0