"Liverpul" va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen o‘g‘li Jeymsning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqida gapirib, ko‘z yoshlarini tiya olmaganini tan oldi.

20 yoshli Jeymsga kam uchraydigan irsiy ko‘z kasalligi — Shtargardt kasalligi tashxisi qo‘yilgan. U ko‘rish qobiliyatining bosqichma-bosqich yomonlashishiga olib keladi va hozircha uni to‘liq davolash usuli mavjud emas.

"Unga ilk bor tashxis qo‘yilganida, mashinada ketayotib uch-to‘rt marta to‘xtaganimni eslayman. Shunchaki o‘tirib, yig‘laganman", — dedi Ouen Amazon'ga bergan intervyusida.

Jeymsga Shtargardt kasalligi sakkiz yoshida tashxis qo‘yilgan. Kasallik tufayli u professional futbolchi bo‘lish orzusidan ham voz kechishga majbur bo‘lgan.

Manba: Stadion.uz