"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Karrik transfer oynasi yopilishidan oldin futbolchilarning sotilishi ehtimoli haqida fikr bildirdi.
Bugun "qizil iblislar" Premyer-liganing birinchi turida safarda "Xall Siti"ga qarshi maydonga tushadi.
"Hech kim menga transfer so‘rovi bilan murojaat qilmadi. Ammo nima bo‘lishini bilmayman, hamma narsa ham bizga bog‘liq emas. Biz faqat o‘zimiz nazorat qila oladigan narsalarga ta’sir o‘tkaza olamiz. Hozirgi tarkibimizdan mamnunman. Agar qandaydir muammolar yuzaga kelsa, ularni hal qilishga harakat qilamiz", — deya Karrikning so‘zlarini keltiradi CentreDevils.
"Manchester Yunayted" — "Xall Siti" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0