«Barselona» yarim himoyachisi Gavi uy-joyi bo‘lmagan insonlar uchun 150 ta xonadondan iborat majmua qurishga qaratilgan xayriya loyihasiga mablag‘ yo‘naltirdi.
La Razón gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi bolaligi o‘tgan hududdagi ushbu turar joy majmuasi qurilishiga 1,3 million yevro sarmoya kiritmoqda.
Jahon chempionatidagi g‘alabadan so‘ng «Barselona» futbolchisi Sevilyadagi ilk qadamlarini va so‘nggi yillarda jarohatlar bilan kechgan og‘ir davrini yodga oldi.
«Mening hikoyam — so‘nggi yillarda jarohatlar tufayli boshimdan kechirgan qiyinchiliklarim haqida. Ammo yaqinlarim, oilam, do‘stlarimning qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, bu yerga yetib kelish uchun qilgan mashaqqatli mehnatim va bergan qurbonliklarim tufayli bugun barcha qiyinchiliklarim bekor ketmaganini ayta olaman.
Agar kerak bo‘lsa, bularning barchasini yana va yana boshdan kechirishga tayyor bo‘lardim. Men juda ko‘p insonlardan qarzdorman», — deb yozdi Gavi ijtimoiy tarmoqlarda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0