«Real»ning sobiq yarim himoyachisi Luka Modrichning qizi Emma endi Madrid klubi sharafini himoya qiladi.
13 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda «Milan» akademiyasida to‘p tepib, yaxshi natijalar qayd etdi. Luka Modrich «rossonerilar» bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng, Emma ham klub akademiyasiga o‘tgandi. U o‘z yosh toifasidagi jamoa safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Emma Madridni yaxshi biladi, chunki bolaligi shu yerda o‘tgan. U 2012 yilda tug‘ilgan, Modrich esa bir yil avval «Real»ga ko‘chib o‘tgan edi. Iste’dodli futbolchi Madriddagi mahalliy jamoalarda ham to‘p tepgan va ular safida 58 ta uchrashuvda 23 ta gol urgan.
Luka Modrich va uning rafiqasi Vanyaning oilasida yana Sofiya ismli qiz ham bor. U oktyabr oyida 9 yoshga to‘ladi. Shuningdek, ularning Ivano ismli 16 yoshli o‘g‘li ham bor.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0