28-30 avgust kunlari Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondo WT bo‘yicha ayollar o‘rtasida «Taiyuan 2026 World Taekwondo Womenʼs Open Championships» xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham medallar uchun kurash olib boradi.

O‘zbekiston taekvondo WT assosiasiyasi ma’lumotiga ko‘ra, turnirda mamlakatimiz sharafini 10 nafar sportchi himoya qiladi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:

  • -53 kg: Laylo Hasanova
  • -57 kg: Madina Mirabzalova, Shabbona Abduvaliyeva
  • -62 kg: Sevinch Hayitova, Mohidil O‘ktamjonova, Diyora Azizova
  • -67 kg: Ozoda Sobirjonova, Jasmina Turlibekova
  • +73 kg: Svetlana Saidova, Iroda Mirtojiyeva

Musobaqa 30 avgustga qadar davom etadi.

Manba: Stadion.uz