«Chelsi»ning hujumkor yarim himoyachisi Omari Kelliman Fransiyaning «Strasburg» klubiga o‘tdi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.
«Omariga faoliyatidagi yangi bosqichni boshlayotgan bir paytda barcha muvaffaqiyatlarni tilaymiz», — deyiladi «Chelsi» bayonotida.
Taniqli jurnalist Grem Beylining ma’lum qilishicha, 20 yoshli futbolchiga Chempionshipning ko‘plab klublari qiziqish bildirgan, biroq Kelliman faoliyatini Fransiyada davom ettirishga qaror qilgan.
Shuningdek, «Chelsi» futbolchini kelajakda qayta sotib olish huquqini o‘zida saqlab qolgani qayd etilmoqda.
«Chelsi» Kellimanni 2024 yilda «Aston Villa»dan 22,5 million yevroga xarid qilgan edi. Biroq yarim himoyachi London klubining asosiy jamoasida debyut qilishga ulgurmadi. U «Chelsi» yoshlar jamoasi safida bor-yo‘g‘i 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0