Bugun, 25 avgust kuni O‘zbekiston Superligasining 19-turi doirasida Samarqandning «Dinamo» klubi o‘z maydonida Toshkentning «Paxtakor» jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv «Dinamo» stadionida soat 20:00 da boshlanadi.

Statistikaga ko‘ra, jamoalar shu kunga qadar o‘zaro 55 marta to‘qnash kelgan. Ushbu bahslarning 41 tasida «Paxtakor» g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Dinamo» 7 marta zafar quchgan. Yana 7 ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

To‘plar nisbatida ham poytaxtliklarning katta ustunligi bor. «Paxtakor» o‘zaro bahslarda 113 ta gol urgan, «Dinamo» esa raqib darvozasini 33 marta ishg‘ol qilgan.

Qarama-qarshilik tarixida «Dinamo»ning eng yirik g‘alabasi 2:0 hisobida qayd etilgan. «Paxtakor» esa samarqandliklar ustidan 6:0 hisobidagi g‘alabaga erishgan.

Jamoalarning eng so‘nggi uchrashuvi joriy mavsumning birinchi davrasida bo‘lib o‘tgan. 18 apr kuni «Paxtakor» o‘z maydonida «Dinamo»ni 4:2 hisobida mag‘lub etgan.

Manba: Stadion.uz