Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Liam Delap yaqin vaqt ichida «Nottingem Forest» futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar berdi. Ayni paytda boshqa manbalar ham «Nottingem Forest» Delap transferi ustida ishlayotganini tasdiqlamoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «o‘rmonchilar» 23 yoshli forvard uchun 50 million yevro to‘laydi. Agar transfer muvaffaqiyatli amalga oshsa, Delap «Nottingem Forest» bilan 2031 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» Delapni o‘tgan yozda o‘z safiga qo‘shib olgan edi. 23 yoshli futbolchi «ko‘klar» safida barcha musobaqalar doirasida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik futbolchining bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz